Samsung smartfonlarini ta'mirlash iPhone xizmatlaridan 60 foiz qimmatroqqa tushadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Samsung smartfonlarini ta'mirlash iPhone xizmatlaridan 60 foiz qimmatroqqa tushadiSamsung smartfonlarini ta'mirlash xarajatlari iPhone narxlaridan 60 % gacha yuqori

Insuranceopedia platformasi o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Samsung smartfonlarini ta'mirlash xarajatlari iPhone qurilmalariga qaraganda 60 % gacha qimmatroq bo'lishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Samsung Care+ sug'urta dasturi doirasida o'rtacha ta'mirlash qiymati 100-120 $ ni tashkil etadi. Apple Care+ tizimi orqali iPhone modellariga xizmat ko'rsatish esa foydalanuvchiga taxminan 75 $ ga tushadi.

Hisobotda qayd etilishicha, Apple kompaniyasi xizmat ko'rsatishda qat'iy tariflar modelidan foydalanadi. Bu esa mijozlar uchun ta'mirlash xarajatlarini oldindan aniq hisoblash imkonini beradi.

Samsung brendida esa narxlar aniq qurilma rusumi va shikastlanish darajasiga qarab farqlanadi. Bu kabi o'zgaruvchan yondashuv yakuniy narxlarning ko'pincha yuqori bo'lishiga sabab bo'ladi.

Brend bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlarning balandligiga texnologik jihatdan murakkab bo'lgan buklama smartfonlar ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Masalan, Galaxy Z Fold kabi modellarni tiklash oddiy qurilmalarga qaraganda ancha mushkul va qimmat hisoblanadi.

Insuranceopedia mutaxassislari ta'mirlash va sug'urta xizmatlari qiymati mintaqa, tanlangan servis markazi va aniq modelga qarab o'zgarishi mumkinligini eslatib o'tdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish