Toshkentda 500 kV kuchlanishli elektr liniyasi yonib ketdi

Bekzod Nazarov2 daqiqalik o'qish

Toshkentda 500 kV kuchlanishli elektr liniyasi yonib ketdiTramp reytingi tarixiy minimal darajaga tushdi

AQSh siyosiy maydonida amaldagi davlat rahbari faoliyatiga nisbatan ishonch pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Washington Post, ABC News va IPSOS tomonidan o'tkazilgan so'nggi ijtimoiy so'rovnoma natijalari Donald Tramp ma'muriyati uchun salbiy ko'rsatkichlarni qayd etdi. Tadqiqotga ko'ra, prezidentning reytingi 37 % gacha pasaygan.

Shu bilan birga, respondentlarning 62 % i Oq uy yuritayotgan siyosatdan norozi ekanini bildirgan. Bu ko'rsatkich Trampning boshqaruv davridagi eng yuqori salbiy natija sifatida baholanmoqda.

Mazkur so'rovnoma 24-28 aprel kunlari 2 560 nafar AQSh fuqarosi ishtirokida o'tkazildi. Mutaxassislar hisobotdagi xatolik darajasini 2 % atrofida belgilagan.

Tahlillarga ko'ra, ommaning bunday kayfiyatiga iqtisodiy va tashqi siyosiy omillar ta'sir ko'rsatgan. Xususan, mamlakatda benzin narxining oshishi va yoqilg'i inqirozi saylovchilarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda.

Iqtisodiy islohotlarni respondentlarning faqat 34 % i qo'llab-quvvatlagan. Shuningdek, AQShning Eronga nisbatan yuritayotgan qat'iy pozitsiyasi so'rovnomada qatnashganlarning 66 % i tomonidan tanqid qilingan.

Mavjud vaziyat 2026 yil 3 noyabr kuni bo'lib o'tadigan oraliq saylovlar oldidan Respublikachilar partiyasi uchun xavotirli signal hisoblanadi. Garchi partiya a'zolarining 85 % i Trampni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa-da, mustaqil saylovchilar orasida bu ko'rsatkich 56 % gacha tushgan.

Bo'lajak saylovlarda Vakillar palatasining 435 nafar va Senatning 33 nafar a'zosi qayta saylanishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda demokratlar saylovchilar orasida 5 % lik ustunlikni saqlab turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish