Tramp yadro kodlaridan foydalanishga urindi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi favqulodda majlis vaqtida yadro arsenalini ishga tushirish uchun mo'ljallangan maxsus kodlarga kirishga harakat qilgan bo'lishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Buyuk Britaniyaning "The Mirror" nashri Markaziy razvedka boshqarmasining iste'fodagi tahlilchisi Larri Jonson ma'lumotlariga tayanib, shu haqda xabar berdi. Jonsonning so'zlariga ko'ra, voqea o'ta keskin vaziyatda yuz bergan.
Tramp strategik qaror qabul qilish maqsadida yadro kodlaridan foydalanishga uringan, biroq harbiy tuzilmalar bunga qarshilik ko'rsatgan. Xususan, AQSh qurolli kuchlari vakili general Den Keyn jarayonga aralashib, amaldagi tartib-qoidalar va vakolatlar doirasini eslatgan holda urinishni to'xtatgan.
AQSh qonunchiligiga ko'ra, bunday muhim qarorlar qat'iy nazorat ostida bo'lib, bir necha bosqichli tasdiqlash jarayonidan o'tishi shart. Prezidentning aynan nima sababdan yadro kodlariga murojaat qilmoqchi bo'lgani hozircha ma'lum emas.
Hozirda ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan bo'lsa-da, tarqalgan xabarlar jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda.