Jahon siyosatida yuz berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar AQSH ma’muriyatining tashqi siyosiy yo‘nalishdagi rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oq uy rahbari Donald Tramp o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida va’da qilgan tezkor diplomatik va harbiy yutuqlarga erishishda qiyinchiliklarga duch keldi. Nufuzli The New York Times nashri tahliliga ko‘ra, AQSHning global siyosatdagi ambitsiyalari mavjud geosiyosiy voqelik bilan to‘qnashib, kutilgan natijalarni bermayapti.
Ukraina masalasida Donald Tramp o‘z ikkinchi muddatiga kirishishdan avval qurolli nizoni 24 soat ichida yakunlashni va’da qilgan edi. Biroq oradan 16 oy o‘tgan bo‘lsa-da, mazkur va’da ijrosi ta’minlanmadi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio vaziyatning murakkabligini tan olib, natijasiz muzokaralardan chekinish ehtimolini istisno etmadi. Shuningdek, Rossiya tomoni Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff hamda Jared Kushnerning tashriflarini samarasiz deb baholamoqda.
Yaqin Sharq mintaqasida ham vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda. Eron yadroviy va raketa dasturlarini saqlab qolgan holda, Vashington bilan muzokaralarni cho‘zish taktikasini qo‘llamoqda.
G‘azo sektorini rivojlantirish bo‘yicha 20 banddan iborat reja esa sakkiz oydan buyon amaliy natija bermadi. Tahlilchilarning fikricha, Amerika ma’muriyati professional diplomatiya o‘rniga vaqtinchalik vositachilikka tayanib, xatolikka yo‘l qo‘ymoqda.
Diplomat Tomas Gremning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda shaxsiy aloqalar emas, balki tizimli va institutsional muzokaralar jarayoni talab etiladi. Hozirgi pallada Oq uy o‘zining tashqi siyosiy strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0