Bangladeshda ota farzandini poyezd ostidan qutqarib qoldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Bangladeshda ota farzandini poyezd ostidan qutqarib qoldiBangladeshda ota temir yo'l relslariga tushib ketgan farzandini poyezd ostida qolib ketishdan saqlab qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda erkak o'z hayotini xavfga qo'yib, harakatlanayotgan poyezd relslari orasiga tushib ketgan bolasi tomon sakragani aks etgan. Voqea bir necha soniya ichida sodir bo'lgan.

Ota bolani o'z bag'riga bosib, yerga yotgan holda poyezd o'tib ketishini kutgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, ularning ustidan bir necha vagondan iborat tarkib to'liq o'tib ketguniga qadar og'ir vaziyat yuzaga kelgan.

Atrofdagilar poyezd to'xtaganidan so'ng ota va bolaning mo'jizaviy tarzda omon qolganiga guvoh bo'lishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, har ikki jabrlanuvchi ham jiddiy jarohat olmagan.

Mazkur holat internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Bangladeshda yuz bergan ushbu voqea ota-onalik mas'uliyati va fidoyiligining namunasi sifatida baholanmoqda.

Hozirda qutqarilgan bola va uning otasining salomatligi barqaror ekani aytilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish