HRlink platformasi Rossiya oq ro'yxatiga kiritildi
Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborot resurslarining yangilangan ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
HRlink kadrlar xizmati mazkur "oq ro'yxat"dan joy olganini kompaniya vakillari ma'lum qildi. Ushbu ma'lumotlar CNews va Ixbt.com nashrlari tomonidan tarqatildi.
Vazirlik tomonidan shakllantirilgan ushbu ro'yxatga mustaqil monitoring natijalariga ko'ra eng ommabop deb topilgan 500 dan ortiq servis kiritilgan. Platformaning ushbu ro'yxatga qo'shilishi foydalanuvchilar uchun muhim texnik imkoniyatni taqdim etadi.
Xususan, mobil internetga vaqtinchalik cheklovlar o'rnatilgan sharoitda ham platformadan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi. Hujjatdan nodavlat tashkilotlar, ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalari resurslari, shuningdek, davlat xizmatlari hamda jamoat transportiga oid veb-saytlar o'rin olgan.
Raqamli rivojlanish vazirligi rasmiy bayonotiga ko'ra, ro'yxatga kiritilgan barcha servislar belgilangan xavfsizlik talablariga to'liq javob beradi. Bundan tashqari, ushbu xizmatlarning barcha hisoblash quvvatlari Rossiya hududida joylashgan serverlarda faoliyat yuritishi majburiy shart etib belgilangan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0