AQShda poyezd yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi

0
AQShda poyezd yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdiAQShda poyezd yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi 24 aprel kuni AQShda temir yo'l kesishmasida yuk mashinasi va poyezd ishtirokida jiddiy to'qnashuv qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Fox News telekanali bergan ma'lumotga ko'ra, yuk avtomobili noma'lum texnik sabablarga ko'ra temir yo'l izlari ustida to'xtab qolgan. Katta tezlikda harakatlanib kelayotgan poyezd mashinisti masofa qisqaligi sababli tarkibni to'xtatishga ulgurmagan.

To'qnashuv natijasida poyezd yuk mashinasi tirkamasini urib yuborgan va uni relslar bo'ylab bir necha metrga sudrab ketgan. Voqea aks etgan tasvirlarda hodisaning o'ta xavfli darajada yuz berganini ko'rish mumkin.

Yuk mashinasi haydovchisi poyezd urilishidan bir necha soniya avval kabinadan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan. Mahalliy rasmiylar hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani va qurbonlar yo'qligini tasdiqladi.

Hozirda mutaxassislar voqea joyida o'rganish ishlarini olib bormoqda. Mazkur hodisadan so'ng soha vakillari haydovchilarni temir yo'l kesishmalarida hushyorlikni oshirishga hamda favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan xavfsizlik choralarini ko'rishga chaqirdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari