Vagner Lav: «Mbappe yoshligidanoq o'zini professional tutardi»

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Vagner Lav: «Mbappe yoshligidanoq o'zini professional tutardi»
Vagner Lav: «Mbappe yoshligidanoq shakllangan futbolchi edi»

Moskvaning SSKA klubi sobiq hujumchisi Vagner Lav 2016-yilda «Monako» safida to‘p surgan kezlari Kilian Mbappe bilan bir jamoada o‘ynaganini yodga oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Braziliyalik futbolchi o‘shanda endigina katta futbolga qadam qo‘yayotgan fransiyalik hujumchi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Vagner Lavning ta’kidlashicha, Mbappe yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zini juda bosiq va professional darajada tutgan.

«Kilian o‘sha paytda yosh edi, biroq katta yoshli insonlardek xotirjamlikka ega va futbolchi sifatida allaqachon shakllanib ulgurgan edi. U boshqa o‘yinchilar bilan doimo xushmuomala bo‘lar, barchaga hurmat bilan munosabatda bo‘lardi.

Shuningdek, uning tezligi juda yuqori edi, biz uning bu qobiliyatiga qoyil qolardik», — deya Vagner Lavning so‘zlarini keltirmoqda «SPORTY» nashri. Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2017-yilda «PSJ» safiga o‘tgan edi.

Hozirgi vaqtda fransiyalik yulduz Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilmoqda. Mbappe faoliyati davomida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olindi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish