
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng hakamlik borasida bildirgan fikrlari sababli intizomiy choraga tortilishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Angliyalik futbolchi uchrashuvni boshqargan hakam Danni Makkeli Madrid klubi muxlislarining bosimi ostida "aniq penalti"ni bekor qilganini ta’kidlagan edi. "Times Sport" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA hakamlarning halolligini ommaviy ravishda shubha ostiga qo‘ygan futbolchiga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
Hozircha ushbu holat bo‘yicha yakuniy qaror qachon qabul qilinishi ma’lum qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar"ning "Atletiko"ga qarshi safardagi uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Mazkur bahsda har ikkala jamoa ham gollarni penaltidan kiritgan. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5-may kuni Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Arsenal" o‘z maydonida final yo‘llanmasini hal qilishga harakat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0