
Angliya Premyer ligasining 35-tur bahslari doirasida noodatiy vaqtda belgilangan uchrashuvlar muxlislar e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Musobaqa taqvimidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, turning aksariyat o‘yinlari an’anaviy vaqtlarda o‘tkazilsa-da, ayrim bahslar uchun maxsus vaqtlar ajratilgan. Xususan, Londondagi "Chelsi" va "Nottingem Forest" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4-may, dushanba kuniga belgilangan.
O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da start oladi. Ish kunida bunday erta vaqtda futbol uchrashuvini o‘tkazish g‘alati tuyulishi mumkin, biroq bunga Angliyada 4-may sanasining dam olish kuni deb e’lon qilingani sabab bo‘lgan.
Bu holat Angliya Premyer ligasi rahbariyatiga o‘yinlar jadvalini moslashtirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratdi. "Nottingem Forest" ishtirokidagi bahsning dushanba kuniga ko‘chirilishi jamoaning Yevropa ligasi yarim finalida "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushgani bilan izohlanadi.
O‘z navbatida, "Aston Villa"ning navbatdagi o‘yini ham biroz noodatiy vaqtda — yakshanba kuni soat 19:00 da boshlanadi. Odatda Angliya chempionatida yakshanba oqshomlari uchun bunday kechki vaqt belgilanmas edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0