Xoland pivo reklamasida suratga tushgani uchun tanqid qilindi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Xoland pivo reklamasida suratga tushgani uchun tanqid qilindi
Xoland pivo reklamasida suratga tushgani uchun Norvegiyada tanqidga uchradi

"Man Siti" hujumchisi Erling Xoland spirtli ichimlik reklamasida ishtirok etgani ortidan Norvegiyada jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Norvegiya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda har qanday turdagi alkogol mahsulotlarini reklama qilish qat’iyan taqiqlangan. Futbolchi norveg futbolining asosiy yuzi hisoblangani bois, uning ushbu harakati jamoatchilik tomonidan keskin kutib olindi.

Xususan, alkogolizm oqibatlariga qarshi kurashuvchi "Actis" tashkiloti rahbari Inger Liza Xansen sportchining ushbu qarorini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lgan professional atletning pivo reklamasida chiqishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

"Sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yadigan sportchining pivo reklama qilishi juda g‘alati. Bizning eng yaxshi atletimiz salomatlikka zarar yetkazadigan mahsulotni targ‘ib qilishi mumkin emas", — deya ta’kidladi Xansen.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi 2022-yildan buyon Angliya premyer ligasida "Man Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozircha futbolchining vakillari ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish