
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi Germaniya chempionatining ikkinchi divizionidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlab, muddatidan oldin yuqori ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Jamoa 2023-yilning bahorida elitani tark etgan edi va o'tgan uch mavsumni quyi divizionda o'tkazishga majbur bo'ldi. Endilikda klub Germaniya futboli cho'qqisi hisoblangan Bundesligada yana o'z o'rnini egallaydi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Shalke" etti karra Germaniya chempioni hisoblanadi. Jamoa so'nggi bor mamlakat bosh sovrinini 1958-yilda qo'lga kiritgan.
"Kobalt ranglilar"ning nisbatan yaqin yillardagi muvaffaqiyatlari sifatida 2011-yilgi Germaniya kubogidagi g'alabani hamda o'sha mavsumda Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borganini qayd etish mumkin. Hozirda klub rahbariyati oldida 2026/2027-yilgi mavsumda Bundesligada munosib ishtirok etish vazifasi turibdi.
Buning uchun "Shalke" yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishi va yuqori divizion talablariga moslashishi lozim bo'ladi. Mutaxassislar jamoaning qaytishi Germaniya futbolidagi raqobatni yanada kuchaytirishini ta'kidlamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0