Salah: «Liverpul» muvaffaqiyatining asosi murabbiy va futbolchilar aloqasida

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Salah: «Liverpul» muvaffaqiyatining asosi murabbiy va futbolchilar aloqasida
Salah: «Liverpul» muvaffaqiyatining asosi murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi aloqada»

«Liverpul» hujumchisi Salah jamoaning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp qanday qilib «qizillar»ni barcha turnirlarda g'oliblikka da'vogar klubga aylantira olgani haqida so'zlab berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Misrlik futbolchining fikricha, germaniyalik mutaxassisning eng kuchli tomoni jamoani boshqarish va futbolchilar bilan ishlash mahoratida namoyon bo'lgan. Salah: «O'ylaymanki, u o'yinchilarni boshqarishni juda yaxshi bilardi, garchi bu juda qiyin jarayon bo'lsa-da.

Tajriba orttirganing sayin har bir futbolchi bilan alohida ishlash oson emasligini tushunib yetasan. Biz kabi yulduzli tarkibga ega jamoada barchani birdek motivatsiyada ushlab turish murakkab vazifa hisoblanadi.

Kloppning omadi shundaki, barcha futbolchilar mehnat qilishni va g'alaba qozonishni istardi. U hech kimni majburlashi shart emas edi, chunki har birimiz buyuk natijalarga erishishni xohlardik.

Bundan tashqari, maydonda va kiyinish xonasida o'yinchilar o'rtasida ajoyib aloqa o'rnatilgan edi». Ma'lumot uchun, «Liverpul» Klopp qo'l ostida o'z tarixidagi muvaffaqiyatli davrlardan birini o'tkazdi.

Jamoa ushbu davr mobaynida Angliya Premyer ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, ikki bor Angliya liga kubogi, Angliya superkubogi, UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi. Hozirda jamoani niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot boshqarmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish