Safonov jarohati sabab «PSJ» qaydnomasidan joy olmadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Safonov jarohati sabab «PSJ» qaydnomasidan joy olmadi
Darvozabon Matvey Safonov Fransiya chempionati doirasida "Loryan"ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun "PSJ" qaydnomasidan joy olmadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Avvalroq Fransiya OAVda rossiyalik futbolchiga "Bavariya" bilan bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvlari oralig'ida dam berilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. "L’Equipe" nashrining aniqlik kiritishicha, Safonovda seshanba kuni "Bavariya"ga qarshi kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida mushak tortishishi (sudorgi) kuzatilgan.

Shu sababli murabbiylar shtabi futbolchining sog'lig'ini xavfga qo'ymaslikka qaror qildi. "Loryan" bilan o'yinda parijliklar darvozasini Renato Marin qo'riqlashi kutilmoqda.

Jamoaning ikkinchi darvozaboni Lyuka Shevalye jarohati sababli maydonga tusha olmaydi. "PSJ" va "Loryan" o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Mazkur bahs parijliklar uchun turnir jadvalidagi o'rnini mustahkamlash va asosiy e'tiborni Chempionlar ligasining javob uchrashuviga qaratish imkonini beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish