
"PSJ" jamoasining zaxira darvozaboni Renato Marin Fransiya chempionatining (Liga 1) navbatdagi turidan o‘rin olgan "Loryan"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda debyut qilishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan asosiy posbon Matvey Safonovga dam berishni rejalashtirgan.
Jamoaning yana bir darvozaboni Lyuka Shevale ayni paytda jarohat olgani sababli, murabbiylar shtabi nominal darvozabonlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turuvchi 19 yoshli Renato Maringa imkoniyat berishga qaror qilgan. Kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan italiyalik darvozabon joriy mavsumda hozircha faqat bir marta maydonda ko‘rinish bergan.
"PSJ" hamda "Loryan" jamoalari o‘rtasidagi bahs shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Luis Enrike ushbu qarori orqali Chempionlar ligasining muhim o‘yini oldidan yetakchi futbolchilarning jismoniy holatini saqlab qolishni maqsad qilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0