Domenek: «PSJ» himoyachilari Shavalyedan ko'ra Safonovga ko'proq ishonadi

0
Domenek: «PSJ» himoyachilari Shavalyedan ko'ra Safonovga ko'proq ishonadi
Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek «PSJ» darvozabonlari o‘rtasidagi raqobat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ayni paytda jamoa himoya chizig‘i vakillari rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Lyuka Shavalye esa bu borada jamoadoshlari bilan til topishishda qiyinchilikka duch kelayotgani sezilmoqda.

Domenekning so‘zlariga ko‘ra, Shavalye maydonga tushgan vaqtlarda parijliklar himoyasida asabiylik va palapartishlik kuzatilgan. «Himoyachilar Safonovga ishonishadi, ammo Shavalyeda bunday holat yo‘q.

Agar Lyuka doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa, bu yerda uning ishlari yurishmaganini tan olishi va o‘zini boshqa klubda ko‘rsatishga harakat qilishi kerak», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Le10Sport nashri. Ma’lumot uchun, Lyuka Shavalye 2025-yilning yozida 40 mln yevro evaziga «Lill» klubidan «PSJ» tarkibiga o‘tgan edi.

Darvozabonning Parij klubi bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Hozirgi kunda u asosiy tarkibdagi o‘rni uchun Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari