
Pol Pogbay: «Muxlislarning mehri sabab faoliyatimni yakunlay olmayman»
«Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublarining sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba doping tufayli tayinlangan diskvalifikatsiyadan so'ng nega futbol bilan xayrlashmagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Fransiyalik futbolchi o'z qarorini muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bilan izohladi. Pol Pogbaning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda va stadionlarda muxlislar tomonidan ko'rsatilayotgan cheksiz mehr uni to'xtashga qo'ymaydi.
Futbolchi odamlarga yana quvonch bag'ishlashda davom etishni istashini ma'lum qildi. U ushbu fikrlarini L1+ telekanali efirida bildirib o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Pogba doping mojarosi sababli bir yarim yil davomida katta futboldan chetda qolgan edi. O'tgan yilning mart oyida u diskvalifikatsiya muddati yakunlangach, maydonga qaytdi va Fransiyaning «Monako» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, yarim himoyachi Fransiya chempionatining joriy mavsumida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozircha tajribali futbolchi o'z hisobiga samarali harakatlarni yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lmadi.
Shunga qaramay, u jismoniy holatini tiklash va jamoasining g'alabalariga hissa qo'shishda davom etmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0