
Frenk Lempard boshqaruvida APLga yo‘llanma olgan «Koventri» jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Jamoa «Yuventus»ning belgiyalik hujumchisi Lui Openda transferi borasida italiyaliklar bilan bog‘langan. Bu haqda TransferFeed nashri Italiya ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bir oy avval «Yuventus» shartnoma shartlariga ko‘ra ushbu futbolchini «RB Leypsig»dan to‘liq sotib olishga majbur bo‘lgan edi. O‘sha vaqtdayoq Opendaning jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan.
Hozirda Turin klubi belgiyalik hujumchini nafaqat sotish, balki sotib olish huquqi yoki majburiyati bilan ijaraga berish variantlarini ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli hujumchi joriy mavsumda «Yuventus» safida kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi.
Lui Openda turinliklar tarkibida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda futbolchi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0