«RB Leypsig» Verner bilan shartnomani uzaytirmoqchi

0
«RB Leypsig» Verner bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«RB Leypsig» bosh murabbiy Ole Verner bilan shartnomani uzaytirmoqchi Germaniyaning «RB Leypsig» klubi jamoa bosh murabbiyi Ole Verner bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda germaniyalik jurnalist Filipp Gintse o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qildi. Hozirgi vaqtda Ole Vernerning klub bilan shartnomasi 2027-yilga qadar mo'ljallangan.

Tomonlar o'rtasidagi rasmiy muzokaralar joriy mavsum yakuniga etganidan so'ng o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ma'lum qilinishicha, klub rahbariyati ham, murabbiy ham uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish tarafdori, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Jamoadagi asosiy ustuvor vazifa Chempionlar ligasidagi ishtirokni kafolatlash bo'lib qolmoqda. Ayni paytda «RB Leypsig» Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Jamoa beshinchi pog'onadagi «Xoffenxaym» klubidan 5 ochkoga o'zib ketgan. Mavsum yakunlanishiga esa atigi 3 ta tur qoldi.

Ma'lumot o'rnida, Ole Verner «RB Leypsig» bosh murabbiyi lavozimida 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Mutaxassis bunga qadar «Verder» va «Xolshtayn» klublarida ham ishlagan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari