Kefren Tyuram faoliyatini PSJ safida davom ettirishi mumkin

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Kefren Tyuram faoliyatini PSJ safida davom ettirishi mumkin
Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi Kefren Tyuram faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

«La Gazzetta dello Sport» nashrining xabar berishicha, fransuz futbolchisiga PSJ jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchini tarkibning ajralmas qismi deb hisoblamaydi, shu bois yozgi transferlar oynasi vaqtida uning sotib yuborilishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

O‘z navbatida, yarimhimoyachi ham Fransiya milliy terma jamoasiga doimiy ravishda chaqiruv olish va akasi Markus Tyuram bilan birga to‘p surishni istaydi. Shu sababli, futbolchi Parij klubiga o‘tish variantini ijobiy baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kefren Tyuram 2024-yilda «Nitssa» klubidan 20 million yevro evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/2026-yilgi mavsumda yarimhimoyachi Turin klubi safida barcha turnirlarda jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozircha tomonlar rasmiy muzokaralarni boshlagani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish