Ismoil Bennaser va Milan klubi o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Ismoil Bennaser va Milan klubi o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi


Italiya chempionati vakili «Milan» klubi yarim himoyachisi Ismoil Bennaser jamoani tark etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Goal portali tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli jazoirlik futbolchi va milanliklar klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilingan. Ismoil Bennaser «Milan» safiga 2019-yilning yozida «Empoli» klubidan 16 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Milanliklar tarkibida o‘tkazgan yillari davomida u Italiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, so‘nggi ikki mavsumda futbolchi asosiy tarkibdan joy olishda qiynaldi va ijara asosida «Marsel» hamda Zagrebning «Dinamo» klublari sharafini himoya qildi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Bennaserning faoliyatidagi navbatdagi manzil Qatarning «Al-Garafa» klubi bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi kunda transfer bozorida 8 million yevroga baholanayotgan yarim himoyachi joriy yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashi rejalashtirilgan.

Shu tariqa, tajribali futbolchi o‘z faoliyatini Osiyo chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish