Manchester Yunayted uelslik darvozabon bilan shartnoma imzolamoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Manchester Yunayted uelslik darvozabon bilan shartnoma imzolamoqda
"Manchester Yunayted" klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Nufuzli sport jurnalisti va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mankunianliklar 35 yoshli darvozabon Karl Darlou bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Ayni damda erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchi tez orada ingliz klubi safiga qo‘shiladi.

Tomonlar barcha shartlarni kelishib olgan va rasmiy bitim ertaga, 10-iyul kuni imzolanishi kutilmoqda. Darlou "qizil iblislar" safida zaxira darvozaboni vazifasini bajaradi.

Ushbu transfer ortidan turkiyalik darvozabon Altay Bayindir yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar ko‘paydi. Karl Darlou 2023-yildan buyon "Lids" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Uels terma jamoasi a’zosi bo‘lgan posbon joriy yozda shartnoma muddati yakunlangani sababli klub bilan xayrlashdi. O‘tgan mavsumda 35 yoshli tajribali darvozabon 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 29 ta gol o‘tkazib yuborgan.

"Manchester Yunayted" murabbiylar shtabi uning tajribasi jamoa uchun foydali bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish