Rossiyada sodir bo‘lgan avtohalokat ikki yurtdoshimizning o‘limiga sabab bo‘ldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Rossiyada sodir bo‘lgan avtohalokat ikki yurtdoshimizning o‘limiga sabab bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi hududida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur avtohalokatda jarohatlangan yana uch nafar hamyurtimiz zudlik bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan bo‘lib, ularga malakali shifokorlar tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda. Ushbu noxush hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy bayonot berdi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga ko‘ra, fojia joriy yilning 6 avgust sanasida Rossiyaning Mordoviya Respublikasi tarkibidagi Lyambir tumani hududida qayd etilgan. Aniqrog‘i, Bloxino qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida yurtdoshlarimiz og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Hozirgi vaqtda konsullik xodimlari vaziyatni nazoratga olgan holda, marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish hamda jabrlanganlarga huquqiy va konsullik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish