Bugun, 6 iyul kuni Andijon shahridagi 2-sonli tug‘uruq majmuasida tibbiyot uchun ahamiyatli va noyob hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur tibbiyot muassasasida bir vaqtning o‘zida besh nafar chaqaloq dunyoga keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ruq jarayoni muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ayni damda ham ona, ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ular shifokorlarning doimiy nazorati ostida bo‘lib, zarur tibbiy muolajalarni qabul qilmoqdalar.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tug‘uruq jarayoni oldindan rejalashtirilgan edi. Andijon shahrining Qayrag‘ochtosh mahallasida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekjonova tibbiyot muassasasiga ko‘p homilalik tashxisi bilan qabul qilingan edi.
Shifokorlar jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan malakali yordam tufayli besh egizak sog‘lom tug‘ildi. Hozirgi vaqtda shifoxona mutaxassislari ona va farzandlarning sog‘lig‘ini tiklash hamda ularni parvarishlash borasida barcha zarur choralarni amalga oshirmoqda.
Ushbu voqea hududiy tibbiyot tizimidagi muhim yangiliklardan biri sifatida qayd etildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0