Andijon shahrida tibbiyot xodimlari tomonidan noyob tug‘ruq jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
32 yoshli ona besh nafar farzandni dunyoga keltirdi. Shifokorlarning qayd etishicha, tug‘ruq homiladorlikning 31 hafta va 5 kunlik davrida jarrohlik yo‘li bilan o‘tkazilgan.
Dunyoga kelgan chaqaloqlarning uch nafari qiz, ikki nafari esa o‘g‘il bolalardir. Tug‘ilgan chaqaloqlarning jismoniy holati turlicha bo‘lib, ular tibbiy nazorat ostiga olingan.
Eng yirik chaqaloqning vazni 1605 grammni tashkil etgan bo‘lsa, eng kichik chaqaloq 1205 gramm vazn bilan dunyoga keldi. Qolgan uch nafar go‘dakning vazni quyidagicha taqsimlangan: 1450 grammli qizaloq, 1495 grammli qizaloq hamda 1585 grammli o‘g‘il bola.
Ayni damda mutaxassislar go‘daklarning salomatligini barqarorlashtirish va ularni parvarishlash bo‘yicha zarur barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Mazkur holat hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarida kuzatilgan murakkab va diqqatga sazovor tibbiy jarayonlardan biri sifatida qayd etildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0