Fransiyaning Brest klubi bosh murabbiyi Erik Rua vafot etdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Fransiyaning Brest klubi bosh murabbiyi Erik Rua vafot etdi
Fransiyaning "Brest" futbol klubi bosh murabbiyi Erik Rua 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda L’Equipe nashri murabbiyning yaqinlariga tayanib xabar berdi. Mutaxassis so‘nggi uch yarim yil davomida oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashib kelgan.

Og‘ir xastalikka qaramay, u o‘z faoliyatini to‘xtatmay, murabbiylik ishini davom ettirgan. Erik Rua "Brest" jamoasini 2023-yilda qabul qilib olgan edi.

Uning boshqaruvida fransuz klubi o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, katta muvaffaqiyatga erishdi. O‘tgan mavsumda esa "Brest" Liga 1 turnir jadvalida 12-o‘rinni egalladi.

Erik Rua murabbiylik faoliyati davomida "Nitssa" klubini ham boshqargan. Shuningdek, u Angliyaning "Uotford" hamda Fransiyaning "Lans" jamoalarida sport direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Futbol olami uchun ushbu yo‘qotish katta judolik bo‘ldi. Mutaxassisning o‘z ishiga bo‘lgan sadoqati va qiyinchiliklarga qaramay ko‘rsatgan matonati ko‘plab muxlislar hamda hamkasblari xotirasida qoladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish