Emeri: «Tottenxem» fantastik darajada o'yin ko'rsatdi

Aziz Karimov2 daqiqalik o'qish

Emeri: «Tottenxem» fantastik darajada o'yin ko'rsatdi
Unai Emeri: «Mag'lubiyatni tan olishimiz kerak»

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya chempionatining 35-turi doirasida «Tottenxem»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag'lubiyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur bahs 1:2 hisobida London klubining g'alabasi bilan yakunlandi. Emerining ta'kidlashicha, «Tottenxem» mazkur o'yinda har tomonlama ustunlikka ega bo'lgan.

«Bugun biz fantastik darajada o'yin ko'rsatgan va oxirigacha kurashgan jamoaga duch keldik. Ularga ochko juda zarur edi va buning uchun bor kuchlarini ishga solishdi.

Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi, tanaffusdan so'ng vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik, biroq bu yetarli bo'lmadi», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda BBC nashri. Shuningdek, mutaxassis jamoasining Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini ham baholadi.

Uning so'zlariga ko'ra, 35 ta o'yindan so'ng jamoa kuchli beshlikda borayotgani ijobiy natija, ammo bo'shashishga haqqi yo'q. Chempionlar ligasiga chiqish uchun hozirgi ochkolar kamlik qilishi mumkinligini inobatga olib, qolgan uchta uchrashuvda avvalgi sport formasini tiklash zarurligini qayd etdi.

«Raqib futbolchilari pressingda kuchli o'ynadi va yakkakurashlarda g'olib chiqdi. Birinchi bo'limda ular ustunlik qilishdi, biz esa ko'prog'iga loyiq emasdik.

Tarkibdagi yetti nafar o'zgarishga kelsak, o'tgan haftada boshqa tarkib bilan «Fulxem»ga yutqazgan edik, bugun esa boshqasi bilan imkoniyatni boy berdik», — deya qo'shimcha qildi Emeri. Ma'lumot uchun, ayni paytda «Aston Villa» 58 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog'onasini egallab turibdi.

«Tottenxem» esa 37 ochko bilan 17-o'rindan joy olgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish