"Bavariya" Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazadi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

"Bavariya" Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazadi
"Bavariya" klubi kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xayns Rummenigge jamoa hujumchisi Garri Keynning kelajagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirda 32 yoshli ingliz hujumchisining Myunxen klubi bilan amaldagi kelishuvi 2027-yilning iyun oyiga qadar belgilangan. Rummeniggening so'zlariga ko'ra, futbolchi shartnomasidagi tovon puli haqidagi banddan foydalanmagan va klubda qolish istagini bildirgan.

"Keynning shartnomasida tovon puli borligi ma'lum edi. Biroq u ushbu bandni faollashtirmadi va Myunxenda qolishini aniq ko'rsatib berdi.

Endilikda sport bo'limi rahbariyati mavsum yakunlangach, futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazadi", — deya ta'kidladi Rummenigge T-Online nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Vensan Kompani boshqaruvidagi "Bavariya" ayni damda Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Myunxenliklar 28-aprel, seshanba kuni safarda Fransiyaning PSJ jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Keyn joriy mavsumda ham jamoaning asosiy zarbdor kuchi sifatida o'zini ko'rsatmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish