Al-Hilol Rafinya uchun Barselonaga 170 million yevro taklif qilmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Al-Hilol Rafinya uchun Barselonaga 170 million yevro taklif qilmoqda
"Barselona" klubining braziliyalik vingeri Rafinya Dias Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi e’tibor markazida qolmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, "Al-Hilol" rahbariyati ushbu futbolchi uchun "Barselona"ga katta miqdordagi taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Arab klubi vingerning transferi evaziga kataloniyaliklarga 170 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi aytilmoqda. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Rafinya "Barselona" safida barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

U mazkur bahslarda 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirgi kunda futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi. Agar "Al-Hilol" haqiqatan ham 170 million yevrolik taklif bilan chiqsa, bu transfer futbol tarixidagi eng qimmat kelishuvlardan biriga aylanishi mumkin.

Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish