Xotinlarni qadrlash kuni oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xotinlarni qadrlash kuni oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat

Har yili sentyabr oyining uchinchi yakshanbasi xalqaro miqyosda Wife Appreciation Day, ya’ni xotinlarni qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Joriy yilda mazkur sana 20 sentyabr kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu sana shunchaki taqvimdagi navbatdagi bayram emas, balki kundalik hayotning turli tashvishlari, ish faoliyati va uy yumushlari girdobida ko‘pincha e’tibordan chetda qolib ketadigan eng muhim qadriyatlarni yodga solish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Mazkur kun oila instituti mustahkamligi, umr yo‘ldoshiga bo‘lgan samimiy muhabbat va cheksiz hurmatni ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda er va xotin o‘rtasidagi o‘zaro tushunish hamda qo‘llab-quvvatlash oilaviy xotirjamlikning asosiy omili hisoblanadi.

Shu bois, ushbu sana yaqin insonlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ularning oila va jamiyatdagi o‘rnini e’tirof etish hamda birgalikda o‘tkazilgan har bir lahzaning qadriga yetishga da’vat etadi. Oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishda bunday sanalarning tarbiyaviy hamda ma’naviy o‘rni katta.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish