Beruniyda sud qarori bilan farzandlar onasiga qaytarildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Beruniyda sud qarori bilan farzandlar onasiga qaytarildi

Farzand kamoloti va uning sog‘lom muhitda o‘sishi uchun ona mehri hamda g‘amxo‘rligining o‘rni beqiyosdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oila davrasidagi e’tibor va ota-ona tarbiyasi bolaning kelajakda barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu boisdan ham qonunchilikda voyaga yetmaganlarning manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatiga muvofiq, ikki nafar voyaga yetmagan farzandni otasi D.D.ning qaramog‘idan olib, onasi M.K.ning tarbiyasiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ushbu ijro hujjati sud tomonidan belgilangan tartibda ijro etilishi lozim.

Mazkur jarayon bolalarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning onasi bilan birga yashashini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, sud qarorining ijrosini ta’minlash mas’ul organlar zimmasiga yuklatilgan. Qonuniy talablarga ko‘ra, bolaning manfaati va uning psixologik holati inobatga olingan holda, mazkur ijro ishi bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Oila institutini mustahkamlash va bolalar huquqlarini kafolatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish