Misrda suniy suv yo‘llariga ega yangi shahar barpo etiladi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Misrda suniy suv yo‘llariga ega yangi shahar barpo etiladi

Misr hukumati O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Marsa-Matruh shahri yaqinida Alam al-Roum nomli yangi shahar loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Naked Science nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilib, zamonaviy infratuzilma barpo etiladi. Umumiy hisobda 20,6 kvadrat kilometr maydonni egallaydigan ushbu loyiha doirasida 22 kilometrlik sun’iy suv yo‘llari tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.

Shahar arxitekturasida dengiz bilan uyg‘unlashgan lagunalar va suv havzalari asosiy o‘rinni egallaydi. Yangi shaharning bosh rejasi nafaqat turar joy komplekslari, balki xalqaro standartlarga javob beradigan turistik infratuzilmani ham o‘z ichiga oladi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur hududning geografik joylashuvi sayyohlik salohiyatini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Qurilish jarayonida zamonaviy shaharsozlik talablari va ekologik me’yorlarga qat’iy rioya qilinishi rejalashtirilgan.

Alam al-Roum loyihasi nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, balki mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Hozirgi bosqichda loyihaning texnik jihatlari va qurilish muddatlari bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish