Xorazmda zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarga huquqiy yordam ko'rsatildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xorazmda zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarga huquqiy yordam ko'rsatildiXorazmda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun huquqiy tadbir tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 iyundagi 354-sonli qarori asosida zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam ko'rsatish tizimi belgilangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda tegishli vazirliklar hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Xususan, Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazi hamkorligida jabrlangan ayollar uchun muloqot tadbiri o'tkazildi.

Davra suhbati davomida Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo'limi davlat ijrochisi D.Atamuratova hamda Urganch tumani bo'limi xodimi N.Xudayberganova ishtirokchilarga aliment undirish va boshqa turdagi ijro hujjatlari bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berdi. Tadbir doirasida mutaxassislar xotin-qizlarni o'ylantirayotgan masalalar yuzasidan atroflicha maslahatlar taqdim etdi.

Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda ayollar barcha savollariga huquqshunoslardan aniq javob olish imkoniga ega bo'ldi. Bunday tadbirlar zo'ravonlikdan jabr ko'rgan shaxslarning huquqiy bilimini oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilishga xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish