Saida Mirziyoyeva Xorazmda ijtimoiy obyektlar holatini o'rgandi

0
Saida Mirziyoyeva Xorazmda ijtimoiy obyektlar holatini o'rgandiSaida Mirziyoyeva Xorazmda ijtimoiy soha obyektlari holatini o'rgandi Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining muloqot va axborot siyosati bo'limi mudiri Saida Mirziyoyeva 27 aprel kuni Xorazm viloyatida bo'lib, hududdagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashrif davomida davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi. Viloyatda olib borilgan o'rganishlar natijasida qisqa muddat ichida yuzdan ortiq dolzarb muammolar hal etilgani qayd etildi.

Mirziyoyeva ish jarayonida statistik ko'rsatkichlar ortidan quvmaslik, aksincha, har bir loyihani puxta va oxirigacha o'rganish zarurligini bildirdi. Xususan, Xonqa tumanidagi 2-sonli maktab hamda avariya holatiga kelib qolgan 49-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ko'zdan kechirildi.

Mazkur muassasalarda yaqin vaqt ichida qurilish va ta'mirlash ishlarini boshlash belgilandi. Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan Davlat xoreografiya akademiyasi filiali faoliyati tahlil qilindi.

Hozirda o'quv xonalari va maktab-internat yagona binoda joylashgani sababli, kelgusida qo'shimcha inshoot barpo etish rejalashtirildi. Bu har ikki muassasaning alohida va zamonaviy sharoitlarda faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

Saida Mirziyoyeva: «Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o'z yechimini topdi. Biroq obyektlarning soni va ko'lamidan qat'i nazar, jamoamiz ularning barchasini bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o'rganib chiqadi».

Ish jarayoni faqat nazorat bilan cheklanib qolmasdan, aniq natijalarga erishishga yo'naltirilgan. Endilikda belgilangan o'zgarishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari