OnePlus 7000 mAch akkumulyatorli yangi smartfonini taqdim etadi

0
OnePlus 7000 mAch akkumulyatorli yangi smartfonini taqdim etadiOnePlus Hindistonda yangi smartfonini taqdim etadi OnePlus kompaniyasi 7-may kuni Hindiston bozorida Nord CE6 Lite modelini rasman namoyish etishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining Amazon India platformasidagi ma'lumotlarga tayanib xabar berishicha, qurilmaning tashqi ko'rinishi va asosiy texnik xususiyatlari ma'lum bo'ldi. Yangi smartfonning eng asosiy ustunligi 7 000 mA/soat sig'imli akkumulyator bilan jihozlanganidir.

Ishlab chiqaruvchi mazkur batareya kamida 6 yil davomida samarali xizmat qilishini ta'kidlamoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, akkumulyator 1 600 marta quvvatlash siklidan keyin ham o'z sig'imining 80 foizini saqlab qola oladi.

Bu budjet segmentiga mansub qurilmalar orasida juda yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Nord CE6 Lite apparat qismi MediaTek Dimensity 7400 Apex protsessoriga asoslangan bo'lib, u AnTuTu benchmark testida 1 mln dan ortiq ball to'plashga muvaffaq bo'lgan.

Smartfon 144 gers chastotali displey, 50 megapikselli asosiy kamera hamda Android 16 negizidagi OxygenOS 16 dasturiy qobig'ida ishlaydi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yangi modelning narxi 265 AQSh dollari atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari