Uyqu rejimidagi kamchiliklar ko‘plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Uyqu rejimidagi kamchiliklar ko‘plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi

Nufuzli ilmiy nashrlardan biri hisoblangan Science jurnali inson salomatligi va kundalik turmush tarzi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi yangi tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro miqyosdagi mutaxassislar guruhi tomonidan olib borilgan ushbu keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar uyqu rejimidagi jiddiy kamchiliklarning organizmga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, surunkali tarzda kech uxlash hamda uyqu sifatining talab darajasida bo‘lmasligi inson tanasida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Xususan, olimlar uyqudagi muammolar inson organizmida kamida 172 turdagi og‘ir xastaliklar rivojlanishiga bevosita turtki bo‘lishini ilmiy jihatdan isbotlab berishdi. Mazkur ma’lumotlar sog‘lom turmush tarzi va sifatli uyqu inson salomatligini saqlashda naqadar muhim omil ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tadqiqot natijalari kelgusida tibbiyot va profilaktika sohasidagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish