Braziliyada fermer suniy intellekt yordamida jinoyat rejalashtirgani uchun ushlandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Braziliyada fermer suniy intellekt yordamida jinoyat rejalashtirgani uchun ushlandi

Braziliya huquq-tartibot organlari 36 yoshli fermerni o‘zining sakkiz yoshli farzandini o‘ldirish va boshqa shaxslarga nisbatan tajovuz qilishni rejalashtirganlikda gumonlab hibsga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak ushbu mudhish niyatlarini amalga oshirish bo‘yicha ChatGPT sun’iy intellekt platformasi bilan qariyb ikki oy davomida muloqotda bo‘lgan. Politsiya xodimlari mazkur yozishmalarni jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni sifatida baholamoqda.

BBC Braziliya xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur holat sun’iy intellekt texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanish xavfini yaqqol namoyon etdi. OpenAI kompaniyasi foydalanuvchining shubhali faoliyatiga e’tibor qaratib, vaziyatni nazoratga olgan.

Ushbu hodisa zamonaviy texnologiyalarning xavfsizlik tizimlaridagi zaif jihatlar hamda ulardan foydalanishda axloqiy va huquqiy javobgarlik masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish