Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

0
Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordiToshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi Toshkent shahrida 25 aprel kuni Jaloyir va Sergeli temir yo'l bekatlari oralig'ida inson o'limi bilan bog'liq baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tungi soat 02:00 atrofida harakatlanib ketayotgan yuk poyezdi 2004 yilda tug'ilgan fuqaroni urib yuborgan. Olingan jarohatlar natijasida yigit voqea joyida vafot etgan.

Temir yo'l kesishmasi navbatchisining so'zlariga ko'ra, Jaloyir yo'nalishidan kelayotgan tarkib yaqinlashayotganida barcha xavfsizlik choralari ko'rilgan va ogohlantirish signallari berilgan. Biroq poyezd to'xtab qolganidan so'ng, mashinist relslar ustida odam borligini payqagani, ammo masofa qisqaligi sababli favqulodda tormoz berishga ulgurmaganini ma'lum qilgan.

Guvohlar keltirgan taxminlarga ko'ra, marhum hodisa vaqtida mast holatda bo'lgan va relslar yaqinida uxlab qolgan bo'lishi mumkin. Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Voqea joyiga ichki ishlar va yo'l-patrul xizmati xodimlari yetib kelib, zaruriy dalillarni to'plashgan. Hozirda mutaxassislar hodisaning barcha tafsilotlarini to'liq aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari