Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan dam olish maskanlaridan birida ko‘ngilsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
23 yoshli yigit Chodaksoy soyida cho‘milayotgan vaqtida suvga cho‘kib ketgan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, marhum mazkur maskanga qarindoshlari hamrohligida hordiq chiqarish maqsadida tashrif buyurgan.
Dam olish jarayonida soyga tushgan yigit ehtiyotsizlik oqibatida suvdan qayta chiqa olmagan. Guvohlarning ta’kidlashicha, fojia juda qisqa muddat ichida yuz bergan va atrofdagilar zudlik bilan yordam ko‘rsatishga urinishgan.
Voqea joyiga tezkor qutqaruv xizmatlari jalb etilgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan yigitni topish bo‘yicha qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yuz bergan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Mutasaddilar yoz mavsumida fuqarolarni nazoratsiz hamda cho‘milish uchun belgilanmagan suv havzalaridan foydalanmaslikka, xavfsizlik qoidalariga hamda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0