Denovda qarindoshlar o'rtasidagi nizo yosh yigitning o'limi bilan yakunlandi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida og'ir jinoyat sodir etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra, ota va o'g'ilga nisbatan qilingan hujum oqibatida 32 yoshli yigit vafot etdi. Hodisa 27 aprel kuni Denov shahridagi Bog'ishamol mahallasi hududida joylashgan avtomobil yuvish shoxobchasi yaqinida yuz bergan.
Tergov materiallariga ko'ra, 56 yoshli A.U. va uning o'g'li A.A.
o'zaro moddiy kelishmovchilik sababli qarindoshi, 37 yoshli Q.Sh. bilan nizolashib kelgan.
Voqea kuni gumonlanuvchi Q.Sh. uch nafar sherigi — 30 yoshli T.Sh., 29 yoshli X.Sh.
va yana bir 30 yoshli T.Sh. bilan birgalikda jabrlanuvchilarni kaltaklab, ularga og'ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so'ng hujum qilganlar yosh yigitni Gentra avtomobiliga o'tqazib, voqea joyidan olib ketgan. Jabrlanuvchi og'ir ahvolda tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, biroq uni shifoxonaga kim tashlab ketgani hozircha aniqlanmadi.
Ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, yigit 28 aprel kuni vafot etdi. Holat yuzasidan dastlab Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan ish ochilgan bo'lsa, o'lim holati qayd etilgach, jinoyat ishi ushbu moddaning 3-qismi «d» bandiga qayta malakalandi.
Mazkur modda bo'yicha aybdor deb topilgan shaxslar 8 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda barcha gumonlanuvchilar protsessual tartibda hibsga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0