Denovda 32 yoshli erkak kaltaklanishi oqibatida vafot etdi
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan 32 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur hodisa tafsilotlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, 27 aprel kuni soat 17:50 atrofida "Bog'ishamol" mahallasi hududidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasi yaqinida nizo kelib chiqqan.
1970 yilda tug'ilgan A.U. va uning o'g'li A.A.
(1994 yilda tug'ilgan) hamda jiyani Q.Sh. (1989 yilda tug'ilgan) o'rtasida pul masalasida avvaldan kelishmovchilik bo'lgan.
Janjal natijasida Q.Sh. va uning to'rt nafar sherigi A.A.ga og'ir tan jarohatlari yetkazgan.
Shundan so'ng gumonlanuvchilar jabrlanuvchini Gentra rusumli avtomashinada voqea joyidan olib ketgan. Jabrlanuvchi o'sha kunning o'zida Denov tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u 28 aprelga o'tar kechasi hayotdan ko'z yumgan. Holat yuzasidan Denov tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Hodisaning to'rt nafar ishtirokchisi protsessual tartibda hibsga olingan. Hozirda jinoyat ishi jabrlanuvchining o'limiga sabab bo'lgan og'ir shikast yetkazish bandi bo'yicha qayta tasniflanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0