SanDisk sun'iy intellekt sababli besh yillik shartnomalarga o'tdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

SanDisk sun'iy intellekt sababli besh yillik shartnomalarga o'tdiXotira qurilmalari bozori uzoq muddatli shartnomalar tizimiga o'tmoqda

Sun'iy intellekt infratuzilmasining kengayishi sababli SSD va HDD ishlab chiqaruvchilari besh yilgacha bo'lgan muddatni ko'zlovchi kelishuvlarni imzolashni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, "SanDisk" kompaniyasi mahsulot yetkazib berish bo'yicha besh yillik shartnomalarga o'tdi. Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, kompaniya moliya direktori Luis Visoso ushbu hujjatlarda qat'iy va o'zgaruvchan narxlar hamda har choraklik yetkazib berish hajmlari belgilanishini ta'kidlagan.

Bunday tartib ishlab chiqaruvchiga talabni aniq prognoz qilish va daromadlar barqarorligini ta'minlash imkonini beradi. Qattiq disklar segmentida ham rejalashtirish muddati sezilarli darajada uzaydi.

"Seagate" rahbari Uilyam Mosli yirik mijozlar bilan ekzabayt hajmdagi mahsulotlar uchun shartnomalar imzolanganini e'lon qildi. Kompaniyaning Nearline-disklari uchun ishlab chiqarish quvvatlari 2027-yil yakunigacha deyarli to'liq band qilingan.

Shunga o'xshash tendensiya "Western Digital" kompaniyasida ham kuzatilmoqda. Kompaniya rahbari Irving Tan shartnoma muddatlari 2028–2029-yillargacha yetganini tasdiqladi.

Mazkur o'zgarishlar natijasida xotira qurilmalari o'zgaruvchan narxdagi bozordan ko'p yillik barqaror talabga ega sohaga aylandi. Yangi yondashuv ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish xavfini kamaytirish bilan birga, sun'iy intellekt yo'nalishidagi o'sib borayotgan ehtiyojni o'z vaqtida qondirishga xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish