UzAuto Motors Cobalt avtomobili uchun onlayn shartnomalar ochilishini e'lon qildi

0
UzAuto Motors Cobalt avtomobili uchun onlayn shartnomalar ochilishini e'lon qildiUzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochilishini e'lon qildi UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobillarini xarid qilish uchun onlayn shartnomalar berish jarayoni boshlanishini ma'lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Korxona axborot xizmati xabariga ko'ra, mazkur qaror ushbu modelga bo'lgan yuqori talab hamda iste'molchilardan kelib tushgan ko'plab murojaatlar asosida qabul qilingan. Shartnomalar avtomobilning barcha mavjud komplektatsiyalari uchun ochiq bo'ladi.

Xaridorlar 28 aprel 2026 yil soat 10:00 dan boshlab onlayn tarzda hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Avtomobil sotib olishni rejalashtirgan fuqarolar UzAvtoSavdo platformasidan foydalanishlari yoki Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga borib murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, jarayonni Telegram-bot va UzAvtoSavdo mobil ilovasi (iOS hamda Android) orqali kuzatib borish va mavjud transport vositalari haqida ma'lumot olish tizimi yo'lga qo'yilgan. Kompaniya talabiga binoan, rasmiylashtirilgan shartnomalar bo'yicha to'lovlar 7 kalendar kun ichida o'tkazilishi shart.

Har bir hujjatda uning haqiqiyligini tasdiqlovchi maxsus QR-kod bo'lishi lozimligi alohida ta'kidlandi. UzAuto Motors vakillari bunday kodga ega bo'lmagan shartnomalar haqiqiy hisoblanmasligini va kompaniya dilerlariga tegishli emasligini ma'lum qildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari