Rossiyada o'q va sovuqqa chidamli akkumulyatorlar ishlab chiqildi
Rossiyaning «Rostex» davlat korporatsiyasi mutaxassislari o'q tegishiga hamda o'ta past haroratga chidamli quvvat manbalarini yaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, «RT-Proyektniye texnologii» xoldingi ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu qurilmalar import o'rnini bosuvchi mahsulot hisoblanadi. Mazkur akkumulyatorlarni texnikaga istalgan holatda o'rnatish imkoniyati mavjud.
Yangi turdagi quvvat manbalari asosan og'ir harbiy texnika dvigatellarini o't oldirish, aloqa tarmoqlari hamda qo'mondonlik punktlarini uzluksiz energiya bilan ta'minlashga mo'ljallangan. Qurilmaning o'ziga xosligi shundaki, unda suyuq elektrolit ishlatilmaydi.
Buning o'rniga elektrolit maxsus shisha tolali gubkalarga singdirilgan. Ushbu texnologiya sababli batareya korpusi teshilgan taqdirda ham suyuqlik oqib ketmaydi va qurilma o'z funksiyasini bajarishda davom etaveradi.
«Rostex» korporatsiyasi vakillarining bildirishicha, mazkur mahsulot hozirda dengiz infratuzilmasi obyektlarida muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Akkumulyatorlar flotning og'ir iqlim sharoitlarida ishlashga to'liq tayyorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatga ega.
Mutaxassislar ushbu ishlanmani energiya xavfsizligi yo'nalishidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0