Xitoylik olimlar litiydan 80 baravar arzon batareya yaratdi

0
Xitoylik olimlar litiydan 80 baravar arzon batareya yaratdiXitoylik olimlar temir asosidagi akkumulyatorlar chidamliligini oshirdi Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Metallarni tadqiq qilish instituti mutaxassislari temir asosida ishlaydigan akkumulyatorlar texnologiyasini rivojlantirish bo'yicha muhim natijaga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, mazkur yangilik yirik hajmdagi energiya zaxiralarini saqlashda eng qulay yechimlardan biri bo'lishi kutilmoqda. Tadqiqot davomida olimlar elektrolit tarkibini yangilab, temir birikmasining molekulyar tuzilishini o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu texnologik yondashuv batareyalardagi an'anaviy muammolar — faol moddaning parchalanishi hamda uning membrana orqali sizib chiqishi kabi kamchiliklarni bartaraf etdi. O'tkazilgan sinovlar natijasiga ko'ra, yangi turdagi qurilma quvvatini yo'qotmagan holda 6 000 marta zaryadlash va zaryadsizlanish siklini amalga oshirdi.

Bu ko'rsatkich akkumulyatorning 16 yildan ortiq vaqt davomida har kuni uzluksiz va samarali ishlashini ta'minlaydi. Temir xomashyosi litiyga nisbatan o'nlab marta arzon bo'lgani sababli, ushbu ishlanma quyosh va shamol energiyasini saqlash tizimlari tannarxini sezilarli darajada pasaytiradi.

Tajriba namunasi 78,5 % ish samaradorligini ko'rsatdi va sinov jarayonida o'z tuzilishi barqarorligini to'liq saqlab qoldi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari