Suniy intellekt batareyalar uchun yangi elektrolit formulalarini yaratmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Suniy intellekt batareyalar uchun yangi elektrolit formulalarini yaratmoqdaChikago universiteti qoshidagi Pritsker molekulyar muhandislik maktabi olimlari ElectrolyteGPT nomli yangi suniy intellekt modelini taqdim etishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur texnologiya akkumulyatorlar uchun zarur bo'lgan elektrolit formulalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, batareyalar samaradorligi, zaryad olish tezligi va xavfsizlik darajasi aynan elektrolitlar tarkibiga bog'liq.

Materialshunoslik sohasida ushbu komponentlarni tanlash o'ta murakkab masala hisoblanadi, chunki tadqiqotchilar 10⁷⁰ dan ortiq potensial molekulyar birikmalar orasidan eng maqbulini topishlari kerak. Professor Chibueze Amanchukwu rahbarligidagi ilmiy guruh tomonidan ishlab chiqilgan suniy intellekt mavjud yechimlardan farqli o'laroq, komponentlarning aniq konsentratsiyasi va nisbatlarini o'z ichiga olgan tayyor retseptlarni taqdim etadi.

Laboratoriya sinovlari shuni ko'rsatdiki, neyrotarmoq tavsiya etgan tarkiblar bugungi kundagi eng ilg'or litiy-metall akkumulyatorlarida qo'llanilayotgan yechimlar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Dastlabki bosqichda farmatsevtika ma'lumotlari asosida o'qitilgan model, keyinchalik faqat elektrolitlarga xos birikmalarga moslashtirildi.

Natijada tizim kimyoviy jihatdan barqaror va samarali formulalarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi kunda ushbu texnologiya materiallar tahlilini ananaviy usullarga qaraganda bir necha barobar tezroq amalga oshirmoqda.

Kelgusida mazkur yechim elektromobillar, mobil qurilmalar va energiya saqlash tizimlari uchun yuqori sifatli akkumulyatorlarni ishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada jadallashtirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish