Yuta shtatida sun'iy intellekt uchun yirik ma'lumotlar markazi quriladi

0
Yuta shtatida sun'iy intellekt uchun yirik ma'lumotlar markazi quriladiYuta shtatida sun'iy intellekt uchun yirik ma'lumotlar markazi quriladi AQShning Yuta shtati ma'murlari sun'iy intellekt texnologiyalariga xizmat ko'rsatuvchi "Stratos" deb nomlangan yirik ma'lumotlar markazi loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Boks-Elder okrugida bunyod etiladigan ushbu majmua to'liq quvvat bilan ishga tushgach, 9 GVt elektr energiyasini iste'mol qilishi prognoz qilinmoqda. Bu ko'rsatkich butun shtatning hozirgi energiya ehtiyoji darajasiga tengdir.

Loyiha investor Kevin O'Liriga tegishli "O'Leary Digital" kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qurilishning birinchi bosqichida ob'ekt uchun 3 GVt quvvat talab etiladi.

Majmuani energiya bilan ta'minlash maqsadida shtat shimolidagi gaz magistraliga ulanish orqali bevosita hududning o'zida elektr ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mahalliy hukumat loyihani qo'llab-quvvatlash uchun keng ko'lamli soliq imtiyozlarini e'lon qildi.

Energetika solig'i stavkasi 6 foizdan 0,5 foizga tushirildi, shuningdek, mulk solig'ining 80 foizi investorga qaytarib beriladigan bo'ldi. Hisob-kitoblarga ko'ra, markaz okrug byudjetiga har yili 100 mln dollardan ortiq mablag' tushiradi va 2 000 ta yangi ish o'rni yaratadi.

O'Liri ushbu loyihani sun'iy intellekt infratuzilmasi bo'yicha global raqobatning muhim qismi deb atadi. Uning fikricha, yangi markaz AQShning mazkur sohada Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarga nisbatan strategik javobi bo'ladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari