
Fransiya chempionatining navbatdagi turida "PSJ" safarda "Anje" mehmoni bo'lib, 0:3 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Parijliklar safida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ketma-ket 18-uchrashuvda maydonga tushdi. O'yinning katta qismida darvozabon jiddiy bosimga duch kelmagan bo'lsa-da, bahs yakunida Lanrua Mashinning xavfli zarbasini qaytarib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Li Kan In hisobni ochgan bo'lsa, 39-daqiqada Senni Mayulu farqni oshirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Lukas Beraldo burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab, yakuniy hisobni o'rnatsadi.
"PSJ" safida aynan Beraldo eng yuqori bahoga loyiq ko'rildi – u nafaqat himoyada, balki hujumda ham faol ishtirok etib, 6 ta xavfli vaziyat yaratdi. Shuningdek, parijliklar himoya chizig'ida harakat qilgan Ilya Zabarniy o'zining ishonchli o'yini bilan ajralib turdi.
U 100 dan ortiq aniq uzatmalarni amalga oshirib, raqib hujumchilariga imkoniyat qoldirmadi. Mazkur g'alabadan so'ng "PSJ" turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.
Li Kan In esa gol va samarali uzatmasi bilan jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi.