Rostex davlat boshqaruvi uchun yagona raqamli tizimni taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Rostex davlat boshqaruvi uchun yagona raqamli tizimni taqdim etdiI Xalqaro xavfsizlik forumida Rostex davlat korporatsiyasi tomonidan Gosudarstvennost deb nomlangan yangi dasturiy-apparat majmuasi taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining maʼlum qilishicha, mazkur tizim tarqoq axborot resurslari hamda maʼlumotlar toʻplamini yagona raqamli ekotizimga birlashtirish orqali korxona, tarmoq yoki butun mamlakat darajasida boshqaruv samaradorligini oshirishga moʻljallangan. Loyiha GiperGrafGrupp kompaniyasi va RT-Proyektniye texnologii xoldingining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasidir.

Tizim byudjet, qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga oid raqamli koʻrsatkichlar asosida yagona modelni shakllantiradi. U maʼlumotlar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlikni tahlil qilib, rivojlanish ssenariylarini modellashtirish va hisobotlar tayyorlash imkonini beradi.

Texnik imkoniyatlarga koʻra, tizim bir vaqtning oʻzida 300 mingdan ortiq obyektlar klassi hamda 2,4 milliarddan ziyod oʻzaro bogʻliqlikni qayta ishlash quvvatiga ega. Bugungi kunda maʼlumotlar bazasida 500 milliongacha yozuv mavjud boʻlib, tahlillar 20 mingdan ortiq algoritmlar yordamida amalga oshirilmoqda.

Rostex bosh direktori oʻrinbosari Aleksandr Nazarovning qayd etishicha, mazkur ishlanma dunyo miqyosida faqat sanoqli Gʻarb kompaniyalari erisha olgan texnologik darajani ifodalaydi. Mutaxassis Vladimir Kutin esa tizimning har bir davlat madaniy muhitiga moslashuvchanligini va barcha jarayonlarni vizual kuzatish imkonini taqdim etishini alohida taʼkidladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish