Olimlar sun'iy intellekt yordamida bakteriya genetik kodini o'zgartirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Olimlar sun'iy intellekt yordamida bakteriya genetik kodini o'zgartirdiKolumbiya va Garvard universitetlari olimlari genetik kodni qisqartirish bo'yicha tadqiqot o'tkazdi

Kolumbiya hamda Garvard universitetlari tadqiqotchilari E. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

coli bakteriyasi genetik kodini soddalashtirishga qaratilgan ilmiy tajriba o'tkazdi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar berdi.

Ilmiy guruh 20 ta standart aminokislotadan birini olib tashlash orqali hujayra hayotiyligini saqlab qolish imkoniyatlarini o'rgandi. Tajriba uchun izoleytsin aminokislotasi tanlab olindi.

Mutaxassislar dastlab 36 ta hayotiy muhim genda izoleytsinni valin bilan almashtirdi. Jarayon natijasida ayrim bakteriyalar nobud bo'lgan bo'lsa, genlarning yarmi o'z funksiyasini saqlab qoldi.

Tadqiqotning navbatdagi bosqichida ribosoma oqsillari sinovdan o'tkazildi. Bunda sun'iy intellekt modellari yordamida ribosoma oqsillari uchun muqobil ketma-ketliklar ishlab chiqildi.

Tajribalar davomida bakteriyalarning o'sish sur'ati 30-40 % ga sekinlashgan bo'lsa-da, ularning yashash qobiliyati saqlanib qolgani aniqlandi. Olimlar ushbu natijani muqobil biokimyo tizimlarini shakllantirish yo'lidagi dastlabki muhim qadam sifatida baholamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish